Tramp koronavirusga tahlil topshirmadi
AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusga tahlil topshirmadi, deya xabar berdi Oq uy matbuot kotibi Stefani Grishem.
«Prezident COVID-19 tekshiruvidan o‘tmadi, chunki u koronavirusni yuqtirgan bemorlar bilan aloqada bo‘lmagan va unda hech qanday alomatlar ham qayd etilmagan. Prezident Tramp oldingidek o‘zini ajoyib his qilmoqda va shifokor uni diqqat bilan kuzatmoqda», — deydi Grishem.
«RIA Novosti»ning yozishiga ko‘ra, Tramp bilan muloqotda bo‘lgan ikki nafar kongressmen koronavirusni yuqtirgan bemor bilan ham aloqada bo‘lgan.
Shu sababdan ular bir necha kunga ixtiyoriy karantinga borishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter