Tramp va Kim Chen sammitning yakuniy xujjatini imzoladilar

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy koreyalik hamkasbi bilan qator hujjatlarni imzolashga kirishdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Tramp va Kim Chen sammit yakuniy hujjatini imzoladilar. AQSh prezidenti sammit natijalaridan mamnunligini ta’kidladi. O‘z navbatida Kim Chen In hali ko‘p o‘zgarishlar bo‘lishini aytgan.
Tet-a-tet shaklida boshlangan uchrashuvdan keyin tomonlar kengaytirilgan tarkibda muzokaralar stoliga o‘tirishdi.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari ishchi tushlikka o‘tirishadi. Tushlikdan keyin prezidentlar mehmonxona atrofida sayr qilishadi.
Prezidentlar yakkama-yakka muloqotni kutilganidan ham yuqori saviyada o‘tganini ta’kidlashmoqda.
Shimoliy Koreya yetakchisi jurnalistlarning yadroviy quroldan voch kechish bo‘yicha bergan uchta savoliga javob qaytarmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter