Tramp Kaliforniyadagi yong‘inlar sabab favqulotda holat e’lon qildi
Avvalroq AQShning Kaliforniya shtatidagi Paradays shahri o‘rmonlarida chiqqan yong‘in butun shaharni vayron qilgani haqda xabar bergan edik.
AQSh prezidenti Donald Tramp yong‘inlar sabab shtatda favqulotda holat e’lon qildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.
«NBC» ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 9 kishi yong‘in qurboniga aylangan. Okrug sherifi Byutt Kori Xoneyuning aniqlik kiritishicha, turar-joyda bir kishining jasadi topilgan, qolgan halok bo‘lgan odamlarning tanalari mashinalar va shahar ko‘chalarida topilgan.
Ayni damda bedarak yo‘qolganlar haqida 35 ta xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv xizmati xabariga ko‘ra, 6,5 mingta bino vayron bo‘lgan. Shundan 6 453 tasi turar-joy va 260 tasi tijoriy inshoatlar. Olov egallagan maydon 36 ming gektarga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter