Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp «jichcha» semiribdi

Tramp «jichcha» semiribdi

Foto: «sputnik.by»

Shu yilning 8-fevral kuni AQSh prezidenti Donald Tramp tibbiy ko‘rikdan o‘tgani, bu jarayon bir necha soat davom etgani xususida xabarlar tarqalgandi.

Tibbiy ko‘rik natijalari ikir-chikirigacha ochiqlanmasligi ayon. Biroq Qo‘shma shtatlar yetakchisining shaxsiy shifokoriga tayanilgan holda ko‘rikning ayrim tafsilotlari ochiqlandi.

Unga ko‘ra, prezidentning qon bosimi barqaror: 118ga  80! Puls urishiyam chakkimas: bir daqiqada 70 marta. Xolesterin miqdori oshgan ko‘rinadi, shu bois shifokorlar unga qarshi vositalarni biroz oshirish kerak, degan xulosaga kelgan. Bundan tashqari 72 yoshli prezident keyingi ikki yilda ikki kilo semirib, vazni 110 kg.ga yetibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring