Tramp Erdo‘g‘on bilan muloqot qiladi
Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning ma’lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muloqot qiladi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Tramp Erdo‘g‘onni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklaydi.
Oq uyda o‘tkazilgan brifingda Sanders kun tartibidagi masalalarga to‘xtalib, Turkiya bilan aloqalar yanada mustahkamlanishini ta’kidladi.
Erdo‘g‘onni Turkiyada o‘tkazilgan prezident saylovida qo‘lga kiritgan yutug‘i bilan tabriklash maqsadida ayni paytda Oq uyda ikkala davlat rahbarlarining telefon orqali muloqotiga tayyorgarlik ko‘rilayapti.
Muloqot qachon o‘tkazilishi ma’lum emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter