Tramp Italiya bosh vaziri bilan uchrashadi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte shu yil 30 iyul kuni Oq uyda uchrashadi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
«Italiya — NATOning zarur a’zosi, Afg‘oniston va Iroqdagi asosiy sherigi, O‘rta Yer dengizi mintaqasida barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘ringa ega», –deyiladi Oq uy bayonotida.
Ikkala davlat yetakchilari, avvalo, yakkama-yakka, keyin kengaytirilgan tartibda muzokaralar o‘tkazadi.
Avvalroq Italiya tashqi siyosat mahkamasi rahbari muovini Gulermo Pikki Italiya NATO va Rossiya bilan aloqalarni yaxshilashini aytgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter