Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp 355 million dollarlik jarimaga tortildi

Tramp 355 million dollarlik jarimaga tortildi

Nyu-York sudi Trampni firibgarlik ishi bo‘yicha 355 million dollar jarimaga tortdi.

CNN ma’lumotiga ko‘ra, Trampga shtatdagi tashkilotlarda uch yil davomida rahbarlik lavozimlarini egallashi ham taqiqlangan.

Qayd etilishicha, sud Trampning o‘g‘illari – kichik Donald va Erikni ham 4 million dollardan jarimaga tortdi. Ularga ikki yil davomida Nyu-Yorkdagi har qanday korporatsiya direktori lavozimida ishlash taqiqlandi. Tramp tashkilotining ikki sobiq rahbari Nyu-Yorkdagi korxonalar moliyasini boshqarishdan doimiy ravishda mahrum etildi. Donald Trampning advokati bu qaror ustidan shikoyat qilmoqchi.

Telekanalning xabar berishicha, Tramp, o‘z navbatida, firibgarlik ishini siyosiy raqibi Jo Bayden tomonidan saylovga aralashishga urinish deb atagan. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.

Avvalroq Tramp o‘z kompaniyasi kreditlar va sug‘urta bo‘yicha qulayroq shartlarni olish maqsadida 2,2 milliard dollargacha bo‘lgan aktivlar qiymatini noto‘g‘ri ko‘rsatganlikda ayblangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring