To‘rt oyoqli «farroshlar» parklarni tozalaydi
Rim shahar hokimligi xodim yetishmasligi sababli qarovsiz qolgan park va bog‘larni qo‘y-echkilar tozalashga mas’ul etib belgilanishini ma’lum qildi. Muxolif partiya — Italiya birodarlari e’tiroziga sabab bo‘lgan bu loyihani ziroatchilar uyushmasi qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
Rim hokimligining atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha mas’uli Pinussiya Montanari «Facebook» sahifasi orqali qo‘y va echkilar parklarni tozalashini ma’lum qildi. Montanarining fikrini shahar hokimi Virjiniya Raggi ham qo‘llab-quvvatlab: «Bu yaxshi fikr. Berlinda ham shu usuldan foydalaniladi», — dedi.
Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda «to‘rt oyoqli farrosh» degan ibora paydo bo‘ldi.
Shahar deputati Andreya de Priamo hukumatni atrof-muhit muhofazasining uddasidan chiqa olmaslikda ayblab, bu loyihani «kulgili tragediya» deb atadi.
Bu loyihani Iste’molchilar uyushmasi ham qo‘llab-quvvatladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter