To‘rt oyoqlab yuradigan qiz oyoqqa turdi
Vladikavkazlik jarroh Kazbek Kudzayev internetda tojikistonlik qizaloq Mavludaning emaklab yurganini ko‘rib har qanday holatda ham yordam berishga qaror qildi, deb yozadi Sputnik Uzbekistan nashri.
Shifokorning o‘zi Instagram sahifasida «Ular juda kambag‘al. Oiladagi 4 nafar farzandning barchasi miya falaji bilan bog‘liq kasallik bilan kasallangan, ammo uning ahvoli og‘irroq», — deya izoh qoldirgan.
Shifokorning ta’kidlashicha, anesteziolog, hamshiralar ishiga haq to‘lash va boshqa harajatlar «Doktor Kudzayev maktabi» tomonidan qoplanadi, hatto qiz kasalxonadan chiqarilgandan so‘ng uning maktabi shifokorlari bemorga kvartirada ijarada turishiga ham yordam berishadi. Kazbek operatsiyani 13 yanvar kuni o‘zi amalga oshirdi, u to‘rt yarim soat davom etdi.
Jarrohning so‘zlariga ko‘ra, qiz o‘zini yaxshi his qilmoqda, biroq hozircha turish unga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Operatsiya qilingan Mavluda kompressor-chalg‘ituvchi apparatda, u Vladikavkazda uch oy reabilitatsiyada bo‘ladi.
«Menimcha, u ikki hafta davomida klinikada yotadi. Keyin biz kvartirani ijaraga olamiz va ular Ilizarov apparati olib tashlanmaguncha u yerda yashaydilar. U endi to‘rt oyoqda yurmaydi, bu esa juda katta ish», — dedi shifokor.
Shifokor shu paytgacha 10 mingdan ortiq bepul operatsiyalarni amalga oshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter