To‘qayev Rossiyadagi hodisalar bo‘yicha Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi
Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Qozog‘iston prezidenti Rossiya Federatsiyasidagi vaziyat bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Bosh vazir, Bosh prokuror, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi, mudofaa, ichki ishlar va tashqi ishlar vazirlarining hisobotlarini tinglagan.
«Rossiyada sodir bo‘lgan voqea uning ichki ishi bo‘lishiga qaramay, Qozog‘iston xalqi mamlakatning eng uzun chegaraga ega bo‘lgan qo‘shnisidagi vaziyatni xavotir bilan qabul qildi. Prezident Rossiya Qozog‘istonning strategik hamkori ekanligini ta’kidladi», — deyiladi Oqo‘rda bayonotida.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Rossiya rasmiylarining tartibni tiklash bo‘yicha chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
«Davlat rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda Rossiya hukumatining konstitutsiyaviy tuzumni tiklash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Qosim-Jomart To‘qayev harbiy harakatlarni to‘xtatish haqidagi kelishuvni olqishladi. Uning fikricha, har qanday davlat, shu jumladan Qozog‘iston ichki siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi jamoat tartibini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosi sifatida qonun ustuvorligi tamoyili bo‘lishi kerak».
Uchrashuvda To‘qayev barcha idoralar rahbarlariga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga javob berishga tayyor bo‘lishni topshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter