To‘qayev Nazarboyev haqida gapirdi
Qozog‘istonda tartibsizliklar boshlangandan beri Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev birinchi marta birinchi prezident Nursulton Nazarboyevni eslab o‘tdi. Bu haqda Tengrinews.kz ma’lum qildi.
«Birinchi prezident sharofati bilan mamlakatda juda daromadli kompaniyalar guruhi va hatto xalqaro standartlar bo‘yicha ham boylar qatlami paydo bo‘ldi. Qozog‘iston xalqiga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularga tizimli va muntazam yordam berish vaqti keldi, deb hisoblayman», — degan Qozog‘iston rahbari.
Prezident mamlakat hukumatiga bir nechta kompaniyalarni aniqlab, jamg‘armaga yillik badallar miqdorini kelishib olishni topshirgan.
To‘qayev, shuningdek, xorijda soxta operatsiyalar orqali pulni mamlakatdan olib chiqish mumkinligini aytib, Milliy bankka Moliyaviy monitoring agentligi bilan birgalikda «barcha operatsiyalarni aniq kuzatish, tekshirish va nazorat qilishni ta’minlash»ni topshirgan.
To‘qayev parlamentdagi chiqishi chog‘ida respublikada «Qozog‘iston xalqiga» jamoat fondi tashkil etilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, u mamlakat vazirlari, viloyatlar rahbarlari va deputatlarining maoshlarini oshirishga besh yillik moratoriy e’lon qildi.
Bir necha kun avval OAV sobiq prezident Nazarboyev Qozog‘istonni tark etgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edi, chunki u mamlakatdagi tartibsizliklar haqida birorta ham bayonot bermagan.
Avvalroq Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston poytaxtida ekanligi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter