To‘ng‘izlar italiyalik narkodilerlarni qo‘lga olishga yordam berdi
Kokainni o‘rmonga yashirib qo‘ygan italiyalik giyohvandfurushlarning rejasini yovvoyi qobonlar chippakka chiqardi, deya xabar berdi «Metro».
Nashrning ma’lum qilishicha, jonivorlar nafaqat bahosi 17 ming funt sterlingga teng yashirin joyni topishdi, balki kokainni butun o‘rmonga sochib tashlashdi. Bu politsiyachilarning qidiruv ishlarini ancha yengillashtirib yubordi.
«Metro»ning yozishicha, italiyalik huquq-tartibot xodimlari «hodisa» haqida giyohvandfurushlarning gap-so‘zidan bilib qolishgan: ular o‘zaro yovvoyi hayvonlarning xatti-harakatidan shikoyat qilishgan.
Politsiyachilar giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan to‘rt nafar kishini hibsga olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter