«Tolibon»ning asosiy niyati nima? Ekspertlar taxminlarni o‘rtaga tashladi
«Tolibon» harakati rahbarlarining Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan keyingi asosiy maqsadi — xalqaro maydonda rasmiy e’tirofga sazovor bo‘lish va legitimlikka erishish.
Bu fikrni Sankt-Peterburg davlat universiteti postsovet hududi xalqaro munosabatlari kafedrasi dotsenti Ruslan Shamg‘unov «Lenta.ru» internet nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
«Ularning eng oldi maqsadlaridan biri butun dunyo bo‘ylab tan oshinishga erishish va yomon tamg‘a sifatida ishlatilayotgan «terrorchi tashkilot» belgisini olib tashlashdir», — deydi olim.
Londondagi Birkbeck universiteti professori Robert Singx ham bu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan. U chet el investitsiyalarini jalb qilish va xalqaro savdoni tiklashni Tolibonning asosiy vazifalaridan biri deb atagan.
«Ertami-kechmi, toliblarning haqiqiy yuzi ochilishi va ular o‘z radikal tartibini qurishda davom etishi ham mumkin», - deya ta’kidlaydi olim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter