Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon»dan galdagi yurish: Kobulga bir qadam qoldi

«Tolibon»dan galdagi yurish: Kobulga bir qadam qoldi

«Tolibon» harakati Vardak viloyati markazi Maydonshahr shahrini ham bosib oldi. Bu shahar poytaxt Kobuldan 46 km. uzoqlikda joylashgan.

«Tolibon» vakili Zabihulla Mujohidning xabariga ko‘ra, jangarilar gubernator ma’muriyati, politsiya mahkamasi, shahardagi markaziy qamoqxonani egallashgan. Bundan tashqari, hukumat qurolli armiyasi ham tolibonlar nazoratiga o‘tgan.

Ayni paytda jangarilarning maqsadi Kobul bo‘lib turibdi. Poytaxtdagi AQSh elchixonasi xodimlari zudlik bilan shaharni tark etishmoqda.

Kecha Mozori Sharif shahri «Tolibon» nazoratiga o‘tgach, yuzlab askarlar O‘zbekitonga qochib o‘tgandi. Ungacha esa Hirot va Qandahor kabi yirik shaharlar ham ularning qo‘liga o‘tgandi.

Mamlakatdagi bunday siyosiy vaziyatni yaxshi tushunib turgan prezident Ashraf G‘ani kecha xalqqa murojaat qilib, bundan keyin qon to‘kilishi va vayrongarchilik bo‘lmasligini aytgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring