Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» yana hujum uyushtirdi

«Tolibon» yana hujum uyushtirdi

Foto: «Aa.com.tr»

«Tolibon» jangarilari Afg‘onistonning G‘azna viloyati Chegatu va Dehyak tumanlariga uyushtirgan hujum oqibatida 14 nafar huquq-tartibot xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

G‘azna viloyati hokimligi mutasaddisi Oraf Nurning aytishicha, jangarilar bir vaqtning o‘zida ikkita tumanga hujum uyushtirgan.

Tuman markaziga yaqin joyda afg‘on harbiylari bilan jangarilar o‘rtasida qurolli to‘qnashuv davom etayapti.

G‘azna viloyati mahalliy kengashi deputati Hasan Rizo Yusufiy to‘qnashuvda halok bo‘lganlar orasida Dehyak tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Foiz To‘foniy ham borligini ma’lum qildi.

«Tolibon» mulozimi Zabihulloh Mujohid esa hujum tufayli har ikkala tumanni o‘z nazoratiga olganini, to‘qnashuvda huquq-tartibot idoralarining 43 xodimi halok bo‘lganini aytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring