«Tolibon» tojik-qirg‘iz mojarosidan xavotirini bildirdi

Qirg‘izistondagi holat.
Afg‘oniston TIV rasmiy vakili Abdul-Qahhor Balxiy tojik-qirg‘iz chegarasidagi mojarolardan xavotirda ekanligini bildirdi.
«Islom Amirligi har ikki tomonni chegaraviy kelishmovchiliklarni tinchlik yo‘li bilan hal qilishga chaqiradi. Davom etayotgan janglar butun mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka salbiy ta’sir qilishi mumkin. Chegaraning har ikki tomonida istiqomat qiladigan odamlar jabr ko‘rishi yoki uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lishi noto‘g‘ri», deyiladi uning Twitterdagi sahifasida.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mojarolarda Qirg‘izistondan 46 kishi, Tojikistondan 38 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter