«Tolibon» sobiq gubernator uyiga bostirib kirdi

«Tolibon» jangarilari Badaxshon viloyati sobiq gubernatori va xalq namoyishchilari rahbarlaridan biri general Nazir Muhammad Niyoziyning uyiga bostirib kirgan va tintuv o‘tkazishgan.
«8 subh» nashrining xabariga ko‘ra, toliblar generalning 2 o‘g‘lini hibsga olgan. Hibsga olish sababi hozircha ochiqlanmagan.
Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, toliblarning ikkita vertolyoti Juzun hududiga aviazarbalar bergan. Ular qarshi front yetakchilarini ushlash yoki yo‘q qilishni ko‘zlashgan. Chunki yaqinda frontchilar toliblar komandirlaridan birini o‘ldirishgandi.
Afg‘onistonda yana ichki nizolar kuchaya boshlagani haqida xabar berilgandi. Xususan, o‘tgan hafta Kobulda portlash kuzatilgan bo‘lsa, sobiq afg‘on askarlari toliblarga qarshi kuch to‘playotgani haqida ham xabarlar chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter