Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» ham Rossiyadagi terakt yuzasidan bayonot berdi

«Tolibon» ham Rossiyadagi terakt yuzasidan bayonot berdi

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi Moskva viloyatidagi Crocus City Hall konsert zalida sodir etilgan teraktni «qat’iy qoralashini» bildirdi.

Tegishli bayonot Afg‘oniston tashqi ishlar departamenti vakili Abdulla Kahar Balxiyning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida paydo bo‘ldi, deb yozadi «RIA Novosti».

«Tolibon» harakati tuzgan hukumat tarkibidagi vazirlik matbuot kotibi teraktni «barcha insoniy tushunchalarning keng miqyosda buzilishi» deb hisoblashini aytdi.

Shuningdek,  Xalqaro politsiya tashkiloti (Interpol) sobiq bosh kotibi Yurgen Stok konsert zalida bo‘lib o‘tgan tergovni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytgan. 

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonini teraktni rasmiy Kiyevga yuklashga urinishda ayblagandi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring