Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» odam o‘g‘rilarining jasadini omma oldida osib qo‘ydi

«Tolibon» odam o‘g‘rilarining jasadini omma oldida osib qo‘ydi

Videodan kadrlar

«Tolibon» Hirotda odam o‘g‘irlashda ayblangan 4 kishining jasadini omma oldida namoyish qildi.

Hirot viloyati gubernatori o‘rinbosarining aytishicha, odam o‘g‘rilarining jasadlari chorrahaga boshqalarga dars bo‘lishi uchun atay osib qo‘yilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jinoyatchilar Hirotda bir tadbirkorni uning o‘g‘li bilan birga o‘g‘irlab ketishgan. «Tolibon» xavfsizlik kuchlari to‘dani ta’qib qilgan va 4 nafar odam o‘g‘risi yo‘q qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring