Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» amiri qiynoqqa solishni taqiqladi

«Tolibon» amiri qiynoqqa solishni taqiqladi

«Tolibon» amiri Haybatullo Oxunzoda kuchishlatar tizimlarga qo‘lga olinganlarni qiynoqqa solishni taqiqlovchi farmonni imzolagan.

Afg‘oniston yangi hukumatining de-fakto rahbari imzolagan farmonda, shuningdek, gumondorlarni ushlab turish muddati belgilangan me’yor — 10 kundan oshib ketmasligi ham belgilangan.

«Qiynoq va kaltaklash adolat emas, zulmdir. Bunga yo‘l qo‘ymaslik — farz, bunday ishlar xaromdir», deyilgan imzolangan hujjatda.

Ma’lum bo‘lishicha, 10 kundan ortiq ushlab turish faqat sud qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring