«Tolibon» aholiga to‘ylarda musiqani taqiqlab qo‘ydi

«Tolibon» harakati mamlakatda to‘y o‘tkazish qoidalarini o‘rnatdi va bayram paytida afg‘onlarga jonli musiqa ijro etishni taqiqladi.
Bu haqda Lenta mahalliy Afghanistan International telekanaliga asoslanib ma’lum qildi.
Tegishli qaror yaqinda tuzilgan vazirlikning maxsus yig‘ilishida qabul qilingan.
Bundan tashqari, telekanal ta’kidlashicha, harakat nikoh marosimini o‘tkazishni taqiqlab qo‘yishgan, shuningdek, tadbir davomida erkaklar va ayollar turli xonalarda bo‘lishlari kerak deb qaror qilishgan.
Avvalroq, Afg‘onistonning yangi hukumati qizlar va ayollarning ta’lim olish imkoniyatlarini cheklab qo‘ygani ma’lum qilingandi.
«Tolibon» qizlar erkaklar bilan birga o‘qiy olmaydi, deb hisoblaydi. Yangi qoida doimiy bo‘lib qolmasligini takidlashgan. Hukumat «xavfsiz islomiy muhit»ni yaratish ustida ishlaydi. Rasmiy ravishda, Afg‘onistonning yangi hukumati qizlarga o‘qishni taqiqlamadi, balki ularni «xavfsiz bo‘lishga» va hozircha maktabga bormaslikka chaqirdi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter