Tojikistonda 14 nafar mahkum nondan zaharlanib vafot etdi
Tojikiston bosh prokuraturasi mahkumlarning ommaviy zaharlanishi bo‘yicha jinoyat ishi ochdi. Noxush hodisa 128 nafar sudlangan shaxs mamlakat shimolidan Dushanbe, Nurek va Yovondagi jazoni o‘tash muassasalariga keltirilayotganida sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, mahkumlar o‘tirgan uchta mashina poytaxtga yaqinlashib qolganida, ularning birida 16 nafar mahkum bitta nonni o‘zaro bo‘lishib yeyishgan. Nonni yeb bo‘lib, ularning ahvoli og‘irlashib qolgan. Dushanbega mahkumning barchasi behush holatda yetkazilgan. TASS xabar berishicha, tibbiyot xodimlari ulardan faqat ikki nafarining hayotini saqlab qola olgan.
Jinoyat ishini respublika bosh prokurori shaxsan nazoratga olgan. Tojikiston adliya vazirligining jinoiy jazolarni ijro etish bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning eng kichigi 19 yoshda, eng kattasi 52 yoshda edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter