Tojikistonda prezident saylovlari haqida dastlabki ma’lumotlar berildi
Tojikistonda prezident saylovlari o‘tkazilgan deb topildi, ularda saylovchilarning 70 foizdan ko‘proq qismi ishtirok etgan. Bu haqda Tojikiston markaziy saylov komissiyasi raisi ma’lumotlariga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.
Tojikistonda bo‘lib o‘tayotgan prezident saylovlarida soat 15:00 ga qadar saylovchilarning 70,71 foizi ishtirok etdi, mamlakatda prezident saylovlari o‘tkazilgan deb topildi. Bu haqda respublika markaziy saylov komissiyasi raisi Baxtiyor Xudoyorzoda jurnalistlarga ma’lum qilgan.
11-oktyabr kuni Tojikistonda mahalliy vaqt bilan soat 06:00 da prezident saylovlari boshlangani haqida xabar bergandik.
«Soat 15:00 ga qadar 3 495 215 kishi, ya’ni 70,71% saylovchi ovoz berdi», — dedi Baxtiyor Xudoyorzoda.
Tojikistonda ro‘yxatga kiritilgan saylovchilarning yarmidan ko‘pi ishtirok etgan bo‘lsa, prezident saylovlari o‘tkazilgan deb topiladi. Prezidentga 50 foizdan ortiq ovoz berishgan taqdirda u saylangan deb hisoblanadi.
Ovoz berish mahalliy vaqt bilan 20:00 da tugaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter