Tojikistonda qo‘lga olinganlar soni oshmoqda
Tojikiston xavfsizlik xizmatlari Dushanbe va Vahdat shaharlarida teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan jami 15 nafar fuqaroni qo‘lga oldi.
Bu haqda Asia Plus nashri xabar berdi. Ularning «Krokus siti xoll» terakti ishi bo‘yicha gumonlanuvchilarga aloqadorligi noma’lum.
«Ularning barchasi bir zanjirning bo‘lagi bo‘lib, birgalikda harakat qilganmi yoki ularning har biri Rossiya va Tojikistonda alohida-alohida terakt uyushtirmoqchi bo‘lganmi, hozircha noma’lum», — deydi Asia Plus manbasi.Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Navro‘z tadbirlariga terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq to‘qqiz nafar Tojikiston fuqarosi ushlangandi. Shuningdek, Moskvadagi teraktda ayblanayotganlarning Tojikistondagi qarindoshlari ham so‘roq qilingani xabar qilindi.
Shuningdek, Tojikistondagi so‘roq jarayonlari shaxsan prezident Emomali Rahmon nazoratida ekani ham ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter