Tojikistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
Kecha, 27 avgust kuni kuchli yog‘ingarchilik natijasida Tojikistonning Vahdat va Rudakiy viloyatlarida suv toshqinlari yuz berdi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vahdat viloyatida 11 kishi, Rudakiy viloyatida esa 2 kishi halok bo‘lgan. Odamlar qanday sharoitda vafot etgani aniqlanmagan.
Tojikiston Respublikasi Prezidenti, Millat yetakchisi Emomali Rahmon halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Mamlakat rahbari, shuningdek, Bosh vazirga, Favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasiga, shuningdek, boshqa vakolatli organlarga halok bo‘lganlarning oila a’zolariga tez yordam ko‘rsatish, favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter