Tojikiston Afg‘onistondagi 3 ta konsulligini yopdi
Tojikiston hukumati Afg‘onistonning Mozori Sharif, Fayzobod va Badaxshon viloyatlaridagi konsulliklarini vaqtincha yopganini ma’lum qilgan.
Tojik hukumati «Tolibon» bilan sodir bo‘layotgan urush oqibatida shunday qarorga kelgani aytilgan. Bugungi xabarga ko‘ra, «Tolibon» harakati Kobuldan boshqa barcha shaharlarni egallab ulgurdi.
«Toliblar bilan bo‘layotgan Afg‘onistondagi voqealar sababli xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Mozori Sharif, Fayzobod va Badaxshondagi konsulliklarimizni yopishga majburmiz», deyilgan tojik TIV xabarida.
Shuningdek, Eron ham Mozori Sharifdagi konsulligini Kobulga ko‘chirgan. Poytaxtning o‘zida shu paytgacha 7 ta davlat o‘z idoralarini yopgan. O‘zbekiston konsulxonalari hozircha ishlab turibdi, ammo viza berilmayapti.
Eslatib o‘tish kerak, 1998 yilda Mozori Sharifni bosib olish vaqtida 11 ta xorijiy diplomat va eronlik jurnalist o‘ldirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter