Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tog‘li Qorabog‘ mojarosida Ozarbayjonning yana bir himoyachisi paydo bo‘ldi

Tog‘li Qorabog‘ mojarosida Ozarbayjonning yana bir himoyachisi paydo bo‘ldi

Foto: «REUTERS / Reuters Staff»

Tog‘li Qorabog‘ uchun Armaniston bilan yuzaga kelgan kurashda Ozarbayjonning yana bir himoyachisi paydo bo‘ldi — Afg‘oniston uni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Afg‘oniston Tog‘li Qorabog‘ni egallab olishni bas qilishni talab qiladi. Ozarbayjon hukumati va xalqining hamda dunyodagi boshqa davlatlarning bu boradagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi», — deyiladi mamlakat TIV bayonotida. Vazirlik Qobul Janubiy Kavkazdagi to‘qnashuvlardan xavotirda va odamlarning halok bo‘lishidan afsusda ekanligini bildirgan.

Ozarbayjon-Armaniston chegarasida vaziyat keskinlashgani haqida xabar bergandik.

Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi vaziyat yana keskinlashdi, ikki tomonga ham artilleriya qurilmalarida o‘q uzilmoqda, ikki tomon ham birini-birini vaziyatni keskinlashtirishda ayblamoqda.

Ma’lumot uchun: Tog‘li Qorabog‘dagi nizo 1988-yilning fevral oyida Tog‘li Qorabog‘ muxtor viloyati Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqishini e’lon qilganidan so‘ng yuzaga kelgandi. Nizo qonli qurolli to‘qnashuvga sabab bo‘lgan. Nizoni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhi doirasida 1992-yildan beri o‘tkazib kelinadi. Ozarbayjon o‘z hududiy yaxlitligini saqlab qolishga da’vo qilmoqda, Armaniston tan olinmagan respublika manfaatlarini himoya qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring