To‘fon to‘rt kishining umriga zomin bo‘ldi
O‘mon janubidagi Zufar shahriga bostirib kelgan to‘fon 4 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Saytimizda avvalroq «Mekunu» to‘foni tufayli ikki kishi halok bo‘lgani haqida ma’lumot bergan edik. Bugun yana ikki kishi halok bo‘ldi.
To‘fon Yamanning Sokotra oroli bilan birga Mahra, Xazromavt, Shabva, Abyon va Adan shaharlarida ham kuzatilayapti.
Sokotra oroli «Falokat hududi» deya e’lon qilindi.
Tabiiy ofat sababli Yaman g‘arbidagi Mahra viloyatining O‘mon bilan chegaradosh Sarfit posti yopildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter