Tinch okeanidagi yana bir mamlakatda kuchli zilzila kuzatildi

Tinch okeani janubida, Okeaniyada joylashgan Vanuatu orol-davlatida 6,7 balli zilzila sodir bo‘ldi.
Mamlakat poytaxti Port-Viladan 88 kilometr olisda — Korall dengizi akvatoriyasida joylashgan zilzila markazida magnituda 6,8 ballga tenglashgan. Yer silkinishi intensivligi bo‘yicha «vayronkor» sifatida tasniflandi.
Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan, sunami xavfi ham e’lon qilinmagan.
Vanuatu sohillariga yaqin hududda sal avvalroq 5,1 balli zilzila kuzatilgandi.
Yaqin kunlarda sayyoramizning turli nuqtalarida kuchli zilzilalar ro‘y berishi bilan esda qoldi: 13-fevral kuni bir yo‘la ikki mamlakatda — Armanistonda 6-7 balli, Yaponiyada (Tinch okeani shimoli-sharqida joylashgan) 7 balli yer silkinishlari kuzatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter