Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tinch okeanida kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Tinch okeanida kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Foto: mir24.tv

Tinch okeanida 7,1 balli kuchli zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar beradi «Haber7.com».

Tabiiy ofat Fransiyaga qarashli avtonom shtat Yangi Kaledonyada kuzatilgan.

AQSh seysmik tadqiqotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat mahalliy vaqt bilan soat 14:51 da sodir bo‘lgan.

Zilzila o‘chog‘i yerning 26 kilometr chuqurligida joylashgan.

Yer silkinishi oqibatida sunami xavfi e’lon qilindi. Hududda suv to‘lqinlari bir metrgacha ko‘tarilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan. Ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori to‘lqinlar Avstraliya, Papua-Yangi Gvineya va Yangi Zelandiya qirg‘oqlarida ham kuzatilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring