Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tinch okeanida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Sunami xavfi e’lon qilindi

Tinch okeanida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Sunami xavfi e’lon qilindi

Tinch okeani janubidagi Tonga qirolligi yaqinida 7 magnitudali zilzila qayd etildi.

Zilzila epitsentri 22,4 ming kishi istiqomat qiluvchi Tonga poytaxti Nukualofa shahridan 1011 kilometr janubda joylashgan. Orol aholisi sunami xavfi haqida ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 6 fevral kuni Turkiyada 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir bo‘lgandi. Uning oqibatida 40 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, 100 ming kishi jarohat oldi. BMT Turkiyadagi zilzilalarning iqtisodiy zararini 100 milliard dollarga baholagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring