Tibbiyotda «qimmat dorilar asri» boshlanmoqda
Dunyoda narxi million dollarlar bilan o‘lchanuvchi qimmat dorilar asri boshlanmoqda, deb xabar berdi The Wall Street Journal gazetasi.
2022-yilning avgustidan beri Amerika va Yevropa muvofiqlashtiruvchilari tomonidan to‘rtta yangi dori vositasiga ruxsat berildi. Kam uchraydigan irsiy kasalliklarni davolovchi ushbu dorilarning bitta kursini qabul qilish kamida $2 mln, deb yozdi nashr.
Misol uchun, CSL kompaniyasining gemofiliya B ni davolashda qo‘llaniluvchi Hemgenix dorisi rekord darajada qimmat narxlangan — $3,5 mln.
Kam uchraydigan bolalar nevrologiya xastaligini davolash uchun ishlatiluvchi Skysona dorisi (Bluebird kompaniyasi mahsuloti)ning narxi — $3 mln, shu kompaniyaning nasliy qon kasalligiga qarshi Zynteglo dorisi esa $2,8 mln turadi.
McKinsey konsalting kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, tibbiyot bozorida bunday qimmat dorilar ko‘payib boradi, xususan, 2024-yilga borib gen terapiyasi bo‘yicha 30 ta yangi preparat taqdim etiladi.
«Million dollarlik» dorilar ro‘yxatidagilarning aksariyati gen terapiyasiga taalluqli, deb yozdi gazeta. Ishlab chiqaruvchilar bu dorilar kam uchraydigan irsiy kasalliklardan aziyot chekayotgan bemorlarni butunlay davolaydi yoki uzoq muddatga ularning salomatligini yaxshilaydi, deb ishontirishmoqda. Qo‘shimcha qilinishicha, ayrim qimmat dorilar uzoq istiqbolda bemorlarning pulini tejaydi, chunki bir umr davolanishni talab qiluvchi eskicha usullardan voz kechish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter