Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiyotda burilish! 40 yil ko‘rmagan bemorning ko‘rish qobiliyati tiklandi (video)

Tibbiyotda burilish! 40 yil ko‘rmagan bemorning ko‘rish qobiliyati tiklandi (video)

Foto: «Nature»

To‘liq ko‘rlikka chalingan insonning ko‘rish qobiliyati tibbiyot tarixida birinchi marta tiklandi. Bu haqda «Nature» jurnali xabar berdi.

Tadqiqot AQShda o‘tkazilgan: gen muhandisligidan foydalanib, bemorning ko‘z to‘r pardasi ganglioz hujayralarini to‘g‘rilangan. Natijada hujayralarga nur sezuvchanligi qaytgan.

Maqolada yozilishicha, 58 yoshli erkak 18 yoshida ko‘rish qobiliyatini butkul yo‘qotgan edi. Bunga nurni aks ettiruvchi hujayralar buzilishiga olib kelgan pigmentli retinit sababchi bo‘lgandi.

Sinovlarning yettinchi oyida dastlabki natijalar ko‘zga tashlandi: bemor maxsus ko‘zoynakda noutbuk, kichik qutilar, stakanlar, piyodalar yo‘lagi va boshqa narsalarni ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lgan.

Tadqiqot mualliflariga ko‘ra, bemorning miyasi «yangi tilni o‘rganib olgan» va tashqi dunyodan ko‘z to‘r pardasiga keluvchi noodatiy signallarni farqlay boshlagan. Buni elektroensefalogramma ham tasdiqladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring