Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiyot qo‘lqoplari chiqaruvchi eng yirik kompaniya zavodlarining yarmini yopmoqda

Tibbiyot qo‘lqoplari chiqaruvchi eng yirik kompaniya zavodlarining yarmini yopmoqda

Foto: «The Daily Mail»

Lateksdan tibbiyot qo‘lqoplari tayyorlovchi dunyodagi eng yirik kompaniya — «Top Glove» (Malayziya) zavodlarining yarmini yopmoqda. Shunga majbur, chunki qariyb 2 500 nafar xodimi koronavirusga topshirgan test musbat chiqqan.  Bu haqda «The Daily Mail» yozmoqda.

Pandemiya boshlanganidan beri kompaniya mahsulotiga talab tinmay oshayotgan, buyurtmachilarning esa oxiri ko‘rinmasdi.

Garchi xavfsizlikning eng yuqori choralari qo‘llansa-da, tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi korxona koronavirus o‘chog‘iga aylandi. Aynan u Malayziyada kunlik kasallanishlar sonini faollashtirib yubordi, bir kunda deyarli 2000 nafar yangi bemor aniqlandi.

Endi «Top Glove» poytaxt Kuala-Lumpurdan tashqaridagi 28 ta zavodini muvaqqat to‘xtatib turishga qaror qildi. Ammo bu bilan qo‘lqoplar tanqisligi yuzaga kelmasligi aytilmoqda.

Malayziya sog‘liqni saqlash vazirligi seshanba kungi bayonotida yangi kasallangan 1 511 bemor haqida ma’lum qilgan, biroq bulardan necha nafari qo‘lqop zavodi ishchilari ekani ochiqlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring