Tehrondagi kuchli portlash sababi ma’lum bo‘ldi
26-iyunga o‘tar kechasi Tehron sharqida kuchli portlash yuz berdi. Eron mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, muassasa markazlaridan birida gaz rezervuari portlab ketgan.
«Gaz rezervuari portladi. Natijada kelib chiqqan yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi», — dedi vazirlik vakili Dovud «IRINN» telekanali efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.
Bundan tashqari, eronlik ommaviy axborot vositalarining yozishicha, portlagan rezervuarning harbiylarga aloqasi yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter