Tehronda urushdan ogohlantiruvchi sirenalar aholini qo‘rquvga soldi
G‘arbiy Tehronning bir nechta hududlarida tun yarmida havo hujumi sirenalari yangradi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari so‘zlariga ko‘ra, sirenalar uzoq vaqt, taxminan 15 daqiqada to‘xtamagan va Eron-Iroq urushi paytida Tehronning bombardimon qilinganligini eslatib, shahar aholisini juda qo‘rqitgan.
Aynan shu vaqtda Tehron aeroporti Turkish Airlines reysini qabul qilmagan. Flight Radar ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Tehron atrofini aylanib o‘tgan, yerga qo‘nmasdan Boku tomonga uchib ketgan.
Eron rasmiylari sirenalarni kuchli yomg‘ir oqibatida tizimdagi texnik nosozlik harakatga keltirgani haqida aytib o‘tgan. Tehron aeroporti matbuot xizmati «Turkish Airlines» aviakompaniyasining samolyoti Bokuga «yomon ob-havo tufayli» yo‘naltirilganligini va buning sirenalar bilan aloqasi yo‘qligini ta’kidlab o‘tgan.
O‘sha kuni kechqurun Tehronda yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lgan. Biroq, AFP Tehron byurosi rahbari Karim Abu Merining so‘zlariga ko‘ra, keyingi ikki reys yarim tundan keyin aeroportga xavfsiz tarzda qo‘ndirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter