Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda polkovnik Sayad Xodaiy otib o‘ldirildi

Eronda polkovnik Sayad Xodaiy otib o‘ldirildi

Foto:«Fullrio»

Eronda inqilob gvardiyasi polkovnigi Sayad Xodaiy suiqasd natijasida o‘ldirildi.

Qayd etilishicha, mototsiklda ikki qurollangan shaxs Xodaiyni uyi yaqinida mashinada o‘qqa tutgan. U beshta o‘q tegib vafot etgan.

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Rasmiylar hujumchilarni qidirmoqda.

AQSh polkovnikni terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashda ayblab, uni Yaqin Sharqdagi teraktlar uchun javobgar deb hisobladi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Said Xatibzoda polkovnik o‘limi ortida AQSh va uning ittifoqchilariga hayrihoh kuchlari borligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash holat 2020-yil yanvarda kuzatilgandi. O‘shanda AQSh havo kuchlari hujumi natijasida Bag‘dodda eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgandi.

Qosim Sulaymoniyning o‘limidan so‘ng Eronda motam e’lon qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring