Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tehron Vashingtonni jiddiy ogohlantirdi – Axios

Tehron Vashingtonni jiddiy ogohlantirdi – Axios

Tehron Vashingtonga Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga aralashsa, mintaqadagi AQSh kuchlariga hujum qilinishi haqida xabar yetkazdi. Bu haqda Axios portali amerikalik uch manbaga tayanib xabar bermoqda.

«Eron shu hafta boshida bir qancha arab davlatlari orqali Jo Bayden ma’muriyatiga xabar yetkazdi. Unga ko‘ra, agar Qo‘shma Shtatlar Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga aralashsa, mintaqadagi AQSh kuchlariga hujum qilinadi», – deyiladi nashrda.

Avvalroq CBS News telekanali Oq uydagi manbalariga tayanib, 12 aprel kuni Isroilga qarshi Eron hujumi kutilayotgani haqida xabar tarqatgan edi.  Qo‘shma Shtatlar mumkin bo‘lgan keskinlashuv fonida Isroilni Eron va uning sun’iy yo‘ldoshlaridan kelib chiqadigan har qanday tahdidlarga qarshi turishda ittifoqchisini qo‘llab-quvvatlashiga ishontirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1 aprel oqshomida Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya poytaxti Damashqdagi Eron bosh konsulligi binosiga hujum qilgan edi. Bundan tashqari, Eron elchisi Husayn Akbariyning qarorgohi ham o‘qqa tutilgan, biroq u jabrlanmagan. Suriya mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, raketa hujumi oqibatida konsullik binosi butunlay vayron bo‘lgan.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlarining hujumi oqibatida yetti zobit, jumladan ikki yuqori martabali bosh maslahatchi: Suriya va Livandagi «Quds» kuchlari qo‘mondoni Muhammad Rizo Zohidiy hamda uning o‘rinbosari, brigada generali Muhammad Hodi Hoji Rahimiylar halok bo‘lgan.

Tehron, o‘z navbatida, Damashqdagi hujumga javob berish, shuningdek, «tajovuzkorni qanday jazolash»ni tanlash huquqini o‘zida saqlab qolganini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring