Tayvan Rossiyaning bayonotini keskin qoraladi
Rossiya va Xitoyning qo‘shma bayonotida Moskva «bir Xitoy» tamoyilini qo‘llab-quvvatlashi va orolning (Tayvan — tahr.) istalgan shakldagi mustaqilligiga qarshiligini bildirgandi. Ushbu bayonot Tayvanning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.
Tayvan tashqi ishlar vazirligi bergan javob bayonotida tashqi siyosiy idora «o‘zining keskin noroziligini bildirishini, Xitoy Respublikasi (Tayvan)ning suverenitetiga tajovuz qiluvchi soxta shakllantirilgan g‘oyalarni keskin qoralashini» bildirdi.
«Tayvan va XXR bir-biriga bo‘ysunmaydi, XXR hukumati ularni hech qachon boshqarmagan», — deyiladi Tayvan TIV bayonotida.
«Bir Xitoy» tamoyilini XXR o‘ylab topgan, ularning hukumati boshqa mamlakatlarni «yolg‘on sharhlar» qilishga majburlamasligi kerak, deyishdi tayvanlik diplomatlar.
«Bir Xitoy» tamoyili XXRning barcha mamlakatlar, jumladan, RF bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatishida asos vazifasini bajaradi. Hech bir davlat Taybey (Tayvan) bilan aloqalarini uzmasdan turib, XXR bilan diplomatik aloqalar o‘rnata olmaydi, deb yozdi «RIA Novosti».
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Xitoy 4-fevral kuni, RF prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Si Szinpinning Pekindagi muzokaralari davomida, xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘shma bayonot bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter