Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tayvan rahbari ikkinchi muddatga qayta saylandi

Tayvan rahbari ikkinchi muddatga qayta saylandi

Foto: «News.bigmir.net»

Tayvan rahbari Say Inven ikkinchi muddatga qayta saylandi. Uni 57 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlashgan, deb yozadi «REGNUM».

Amaldagi rahbarning asosiy raqibi Gaosyun shahar meri, Xitoy bilan mustahkam aloqalarni qo‘llab-quvvatlovchi, «Gomindan» partiyasi a’zosi Xan Goyuy bo‘ldi. Unga saylovchilarning 38 foizi ovoz berishdi.

Inven Xitoy bilan munosabatlarida o‘zining prinsipial pozitsiyasi bilan tanilgan — Tayvan yetakchisi XXR va orolning to‘liq va uzil-kesil chegaralaarini aniqlab olishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati Tayvanni o‘z hududining bir qismi deb hisoblaydi: «bir mamlakat — bir tizim» siyosatidan kelib chiqadi. Biroq Tayvan aholisining aksar qismi bu ritorikaga qo‘shilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring