Tayms-skverda uchar Goblin paydo bo‘ldi (video)
![Tayms-skverda uchar Goblin paydo bo‘ldi (video)](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2526037265.jpg)
Nyu-Yorkning markaziy ko‘chalaridan birida xoverbordda uchayotgan odam internet sahifalarida katta shov-shuv ko‘tardi.
Videolavhada egniga qora kostyum, boshiga shlem kiyib olgan odam o‘z parvozini GoPro kamerasiga muhrlayotganini ko‘rish mumkin.
Ko‘pchilik foydalanuvchilar ushbu tungi parvozni 2002-yili rejissyor Sem Reymi tomonidan sur’atga olingan «O‘rgimchak odam» filmidagi shahar ko‘chalaridan uchib o‘tayotgan yashil Goblin sahnasiga o‘xshatishdi.
Chet el nashrlarining yozishicha, Tayms-skver ustidagi parvoz filmning navbatdagi qismi chiqishini emas, balki yaqinda sotuvga chiqishi kutilayotgan qurilmaning reklamasidir.
Oh nothing - just a dude flying around NYC… pic.twitter.com/qJp2mKgV8R
— Rex Chapman🏇🏼 (@RexChapman) June 21, 2021
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter