Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli aktyor Li Son Gyun o‘lik holda topildi

Taniqli aktyor Li Son Gyun o‘lik holda topildi

Koreyaning «Parazit» filmi yulduzi, 48 yoshli aktyor Li Sun Gyun bugun, 27 dekabr kuni ertalab o‘lik holda topildi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Li Son tongda Seuldagi Varyon parki yaqinida mashinasida jonsiz holatda topilgan.

U Lining rafiqasi politsiyaga uning bedarak ketgani haqida xabar berganidan keyin holat aniqlangan va u o‘z joniga qasd qilish haqida yozuv ham qoldirgani ma’lum bo‘lgan.

Li Son Gyun marixuana va boshqa psixotrop giyohvand moddalarni iste’mol qilganlikda ayblanib, politsiya tomonidan tergov qilinayotgan edi.

Politsiya aktyorni uch marta, jumladan, o‘tgan dam olish kunlari 19 soat davomida so‘roq qilgan. Shundan so‘ng Li, bar egasi uni aldab, keyin uni shantaj qilishga uringanini aytgan.

Oktyabr oyi oxirida u Incheon stansiyasida tergovchilar bilan uchrashishdan oldin jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

«Bunday baxtsiz hodisaga aralashib, ko‘p odamlarning hafsalasini pir qilganim uchun chin dildan uzr so‘rayman. Ayni damda og‘ir azobni boshdan kechirayotgan oilamga achinaman», degandi aktyor.

Uning turmush o‘rtog‘i Chon Xe Chjin va ikki o‘g‘li qoldi, deb yozadi The Guardian.

Rejissyor Bong Jun Xo tomonidan suratga olingan «Parazit» filmi 2019 yilning eng yaxshi filmi uchun «Oskar» mukofotiga sazovor bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring