Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ning sobiq prezidenti xalqaro qidiruvga berildi
Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ning sobiq prezidenti Araik Arutyunyan va sobiq mudofaa vaziri Jalol Arutyunyan xalqaro qidiruvga berildi.
Trend nashri xabariga ko‘ra, bu haqda Ozarbayjon bosh prokurori Kamron Aliyev ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Arutyunyanlar sobiq prezidentning yordamchisi David Babayan bilan birgalikda Ganjaning tinch aholisiga raketa hujumlari va Ikkinchi Qorabog‘ urushi paytida tinch aholiga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda ayblanib qidiruvga berilgan.
«Ulardan biri allaqachon hibsga olingan, tergov davom etmoqda. Ozarbayjon jamoatchiligi yaqin kunlarda batafsil ma’lumot oladi», — dedi Kamron.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qorabog‘ to‘liq Ozarbayjon tasarrufiga o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter