Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tailandda tibbiyot xodimlari uchun bepul sayohatlar rejalashtirilyapti

Tailandda tibbiyot xodimlari uchun bepul sayohatlar rejalashtirilyapti

Foto: «Tass.ru»

Tailand Moliya vazirligi tibbiyot xodimlari uchun bepul sayohatlarni taqdim etuvchi ichki turizmni keng miqyosda targ‘ib qilish rejasini ma’qulladi, deya xabar berdi «Bangkok Post».

To‘rt million kishiga 2000-3000 bat (624-936 ming so‘m atrofida) miqdorida vaucherlar berish va 1,2 million tibbiyot xodimi uchun bepul safarlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Kampaniya iqtisodiyotni rag‘batlantirish va turizmni tiklashga qaratilgan, dedi turizm va sport vaziri Fifat Ratchakitprakarn.

Uning aytishicha, mazkur aksiya doirasida mamlakatdagi to‘rtta hududning har biriga bir milliondan vaucher ajratiladi. Ular iyuldan oktyabrgacha taqdim etiladi.

Mahalliy sayyohlar mehmonxonaga joylashishda vaucherni olishi uchun maxsus dastur yordamida ro‘yxatdan o‘tishi kerak. So‘ngra hukumat elektron hamyon orqali mehmonxonalardagi xonalar, restoranlar, spa-salonlar yoki suvenirlarga ishlatish mumkin bo‘lgan chegirmalarni taqdim etadi.

Bundan tashqari, bir milliondan ortiq tailandlik tibbiyot xodimlari uchun mahalliy turoperatorlardan foydalanib uch kungacha bepul safar qilishini rejalashtirmoqda.

Tailand sayyohlik boshqarmasi boshlig‘i Yutasakaning so‘zlariga ko‘ra, hozir dasturning umumiy budjeti taxminan 8-12 milliard batni tashkil etmoqda, lekin u ko‘payishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring