Tailand qirolligi o‘zbekistonliklar uchun mamlaktda vizasiz bo‘lish muddatini uzaytirdi
Xorijlik sayyohlar uchun Tailandda vizasiz qolish muddati joriy yilning oktyabr oyidan boshlab 30 kundan 45 kungacha oshiriladi. Bu haqda Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) ushbu mamlakat hukumati qaroriga tayanib xabar berdi.
«Tailand hukumati mamlakatning turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Tailand turizm boshqarmasi va turoperatorlarning chet ellik sayyohlar uchun vizasiz qolish muddatini oshirish bo‘yicha taklifini ma’qulladi. Hukumat qaroriga ko‘ra, 19-avgustda qabul qilingan joriy 30 kundan 45 kungacha vizasiz kirish muddatining uzaytirilishi 2022-yil 1-oktyabrdan 2023-yil 31-martgacha amal qiladi», – deyiladi xabarda.
Qirollikka vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan davlatlar fuqarolari mamlakatda bo‘lish muddati 30 kundan 45 kunga, kelishi bilan viza oladigan davlatlar, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun esa – 15 dan 30 kungacha uzaytirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter