Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyadagi AQSh harbiy bazasiga raketa hujumi uyushtirildi

Suriyadagi AQSh harbiy bazasiga raketa hujumi uyushtirildi

Joriy yilning 24 mart kuni kechasi Suriya shimoli-sharqida joylashgan AQShning ikkita harbiy bazasiga raketa hujumi uyushtirildi. Bu haqda Livanning Al-Mayadeen telekanali xabar bermoqda.

«Amerika koalitsiyasining Furot (Yevfrat) daryosining sharqidagi «Koniko» va «Umar» konlarida joylashgan ikkita harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi», — deyiladi xabarda.

Telekanal manbalariga ko‘ra, «Koniko»ga sakkizta raketa uchirilgan bo‘lib, raketalar harbiy bazaga va uning yaqiniga kelib tushgan.

Pentagon spikeri Patrik Rayder AQShning Suriyadagi harbiy bazalariga qilingan hujum haqida ma’lumot berishicha, raketa zarbasi natijasida bir nechta ob’yektlar vayron bo‘lgan.

AQSh harbiy bazalariga qilingan hujum Eron qo‘llab-quvvatlaydigan jangarilar tomonidan uyushtirilganligi aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring