Suriya prezidentining rafiqasi shifoxonaga tushib qoldi
«Suriya prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asmo Asad shifoxonaga tushib qoldi», — deya xabar berdi «Haber7.com» sayti.
Shifokorlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyaning birinchi xonimi ko‘krak bezi saratoniga chalingan.
Ayni paytda Asmo Asad shifokorlar nazoratida davolanayapti.
«Umid, ishonch va shifo tilab Asmo Asad ko‘krak bezi saratoni tufayli shifoxonada davolanayapti. Barchamiz unga shifo so‘raymiz», – deyiladi hukumat xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter