Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi

Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi

Suriya isyonchilari yetakchisi Buyuk Britaniya va BMT rasmiylari bilan uchrashib, xalqaro hamjamiyatni o‘z mamlakatiga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

Bashar al-Assad hukumati ag‘darilganidan 10 kun o‘tgach, Suriyadagi isyonchi "Hayat Tahrir ash-Sham" guruhi rahbari Ahmad al-Shaara (Abu Muhammad al-Jo‘loniy bilan tanilgan) xalqaro hamjamiyat bilan muloqotni boshladi. 

Isyonchilar yetakchisi xalqaro hamjamiyatni Suriyaga Asad davrida joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirmoqda. Dushanba kuni Ahmad al-Shaara Britaniya diplomatlari va BMT vakillari bilan uchrashdi.

Yaqin orada suriyalik isyonchilar rahbari Fransiya va Germaniya vakillari bilan uchrashadi, boshqa G‘arb davlatlari ham hamkorlikka tayyor ekanini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring