Superzamonaviy ekologik uy hasharotlar maskaniga aylandi (foto)
Xitoyning Chendu shahrida bunyod etilgan ekologik turarjoy pashsha-chivinlar maskaniga aylandi. Bu haqda «Daily Mail» yozmoqda.
Me’morlar g‘oyasiga ko‘ra, shahardagi eng zamonav turarjoy majmuasi «tik o‘rmon» vazifasini bajarishi kerak edi. Buning uchun har bir xonadon balkonida daraxt-butalar ekishdi.
Ammo yashovchilarning hammasiyam o‘z «tomorqasi»ga yetarlicha e’tibor berayotgani yo‘q, oqibatda qarovsiz daraxtlar kislorod manbai emas, balki chivin, pashsha kabi hasharotlar yashaydigan va ko‘payadigan makonga aylandi. Hozirga kelib Xitoydagi bu majmua superzamonaviy ekouydan ko‘ra, ko‘proq postapokalipsis filmlar suratga olinadigan dekoratsiyaga o‘xshaydi.
Chendudagi ekologik turarjoy majmuasi 800 dan ortiq xonadonga ega sakkizta ko‘p qavatli uydan tashkil topgan. Mahalliy ko‘chmas mulk agentligi xabariga ko‘ra, 2020-yil aprelida barcha xonadonlar sotib tugatilgan. Shunga qaramasdan, aksariyat xonadonlarda bir jon yashamaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter