Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudning 1500 marhumni «bezovta qiluvchi» qarori keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi

Sudning 1500 marhumni «bezovta qiluvchi» qarori keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi

Foto: «CC0/NOAA/IFE/URI/»

AQSh federal okruk sudi RMS Titanic, Inc. (RMST) kompaniyasiga cho‘kib ketgan laynerdan «Makroni» telegrafini chiqarib olishga ruxsat berdi, deya xabar berdi «Smithsonian Magazine».

Ko‘pchilik bu xabarni nafrat bilan qabul qildi, chunki kema 1500 marhum uchun yodgorlik sanaladi. Ularni esa «bezovta» qilmaslik kerak. Yangi qaror 2000-yildagi «Titanik» kemasidan har qanday buyumni chiqarib olishni taqiqlovchi qarorga ziddir.

Shunga qaramay, aynan shu telegraf orqali Jek Fillips 1912-yil aprelda cho‘kayotgan kemadan so‘nggi falokat signallarini yuborgan. Ularni «Karpatiya» kemasi qabul qilib olgan. Natijada 2208 yo‘lovchidan 700 nafarini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lgan.

1985-yil Nyufaundlend janubida topilgan «Titanik» ikki qismga bo‘linib ketgan. U suv ostida taxminan 3 ming metr chuqurlikda joylashgan.

Ko‘pgina tashkilotlar, jumladan, Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) telegrafni tiklash rejasiga qarshi chiqishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring